Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalarga ko`ra, endilikda “O`zyo`lko`kalamzorlashtirish” unitar korxonasi va uning hududiy bo`linmalarining ta`minoti Respublika yo`l jamg`armasining mablag`lari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutildi.
Shuningdek, Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasiga:
- avtomobil yo`llariga tutash hududlarni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbirlari o`tkazilishini tashkil etish;
- standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo`l belgilari, axborot ko`rsatkichlari, yo`llarda harakatlanishni tartibga solishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Hujjat matni bilan www.lex.uz da tanishishingiz mumkin.





