1

“DIAREYa SABABI INFEKSIYaMI?”

Salomatlik 02.12.2017, 14:42
“DIAREYa SABABI INFEKSIYaMI?”

— Yoshim 32 da. So`nggi paytlarda qanday mahsulot iste`mol qilmay, diareya paydo bo`layapti. Surishtirsam, ichakka infeksiya tushganida ham shunday bo`lishi mumkin ekan. Shu rostmi? Infeksiyani aniqlash uchun qaerga murojaat qilaman?

Sanjar Matkarimov, Buxoro viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Nafaqat ichakka infeksiya tushishi, balki zamburug`lar ta`sirida ham diareya kelib chiqishi mumkin. Agar ich ketishi bir necha kun davom etayotgan bo`lsa va bezovtaliklarni keltirib chiqarsa, shifokorga uchrab, umumiy axlat tahlilini topshirish lozim. Zarur hollarda qon tahlili ham o`tkaziladi. Shu bilan birga, jigar va o`t qopi UTT sini bajarish ham maqsadga muvofiqdir. Sizga maslahatim, ich ketishiga befarq bo`lmang. Negaki, ich surishi oqibatida organizmdagi foydali bakteriyalar tashqariga chiqib ketadi. Bu esa o`zidan bir qancha asoratlarni paydo qilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1