1

“TOZALASh VOSITASIDAN ZAHARLANDIM...”

Salomatlik 02.12.2017, 14:47
“TOZALASh VOSITASIDAN ZAHARLANDIM...”

— Vannadagi kafellarni tozalashda tarkibida xlor bo`lgan vositadan foydalangandim, ishimni tugatgach, o`z-o`zidan yo`tala boshladim. Har yo`talganimda, ko`krak qafasida og`riq paydo bo`ladi. Taxminimcha, tozalash vositasi reaksiya berdi. Endi nima qilishni bilmayapman, tunlari tomog`im qichishib yo`talayapman.

Nasiba Mirpo`latova, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Sizdagi holat xlor eritmasi asosida tayyorlangan tozalash vositasiga nisbatan zaharlanish bo`lib, albatta shifokor-allergolog ko`rigidan o`tishingiz lozim. Bezovtalik kuchaymasligi uchun vaqtinchalik tozalash vositalaridan foydalanmay turing. Uxlayotganda namlangan lattani derazaga tutib qo`ysangiz, xonadagi chang zarralari nafas yo`llarini ta`sirlantirmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1