1

KOLLEKSIYaSIDA 302 DONA PUL BIRLIGI

Rekord 02.12.2017, 16:28
KOLLEKSIYaSIDA 302  DONA PUL BIRLIGI

“Darakchi”ning “O`zbekiston rekordlari” kitobiga kirishga da`vogarlardan yana biri jurnalist Jasur Hamroev. Uning kolleksiya­sida o`zi sayohatga borgan turli davlatlardan olib kelgan 267 dona tanga hamda 35 dona qog`oz pul bor ekan.

— Kolleksiyangizni nechanchi yildan buyon yig`asiz?

— 2008 yilda birinchi marta Qohiraga borganman, shundan buyon tanga va pul birliklarini yig`ish odat tusiga kirdi. Hozir kolleksiyamda evro, rupiy, rubl, Singapur dollari, lira, somoniy, som, tenge, manat, AQSh dollari, Shri-Lanka rupiysi, yuan, Makkao, Zambiya va Tailand kabi bir qator davlatlarning pul birlik­lari bor.

— Barchasini o`zingiz borgan shaharlardan olib kelganmisiz? Yoki do`stlaringiz sovg`a qilganlari ham bormi?

— Hammasini o`zim olib kelganman.

— Dunyoning qaysi davlatlarida bo`lgansiz?

— Juda ko`p davlatlarning shaharlarida bo`lganman. Avvalo yurtimizning barcha go`shalarida, keyin Mos­kva, Sankt-Peterburg, Dubay, Abu-Dabi, Sharja, Al-Ayn, Quddus, Qohira, Sharm al-Shayx, Dehli, Dexradun, Gurgaon, Amritsar, Rojastan, Mumbay, Agra, Pekin, Urumchi, Shanxay, Gongkong, Makao, Sindao, Kuala-Lumpur, Bankok, Pattayya, Singapur, Sentoza, Kuala-Tarragona, Putradjayya, Anqara, Istanbul, Antaliya, Eskesheher, Boku, Male, Kolombo, Nyu-York, Nyu-Jersi, Vashington, Chikago, Los-Anjeles, Las-Vegas, San-Fransisko, Dallas, Fineks, San-Xose, Santa-Klara,London, Startfort, Bermingim, Glazgo, Belfast, Dublin, Edenburg, Parij, Berlin, Kyoln, Bonn, Frankfurt, Gamburg, Barselona, Rim, Toronto, Iordaniyaning bir qator shaharlarida bo`lganman.

— Bunaqada dunyoning eng ko`p shaharlarida bo`lgan o`zbek jurnalisti sifatida ham rekord o`rnatasiz shekilli?

— Balki... Endigi manzil — Madrid!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1