1

O`RIK — QONNI KO`PAYTIRADI, YuRAKNI TINChLANTIRADI

Salomatlik 04.12.2017, 19:37
O`RIK — QONNI KO`PAYTIRADI, YuRAKNI TINChLANTIRADI

O`rik o`zining betakror ta`mi bilan ko`pchilikka xush yoqadi. U sarhilligida qaynatib, qolaversa quritilgan holda ham iste`mol qilinadi.

O`rikning foydali xususiyatlari

  • O`rik iste`mol qilish kishining umumiy ahvoliga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Yurak-qon tomir va oshqozon-ichak kasalligiga chalingan yoki ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi kishilar mazkur mevaga ko`proq e`tibor qaratishlari lozim.
  • O`rik mevasi gipovitaminoz yoki avitaminozda va kamqonlikda yaxshi yordam beradi. Shuningdek, saraton xastaligida ham sog`liqni mustahkamlaydi. Bu ajoyib, ishtaha ochuvchi meva organizmning turli xastaliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va organizmning hayotiy muhim funksiyalarini qayta tiklaydi.
  • Semirishga qarshi o`rik parhez mahsuloti sifatida eyiladi. Butun dunyo dietologlari o`rik moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish jarayoni uchun foydali mahsulot degan fikrga kelgan.
  • Har kuni undan atigi 100 gramm tanovul qilish orqali muntazam ich kelishiga erishish va ichaklardagi gazdan xalos bo`lish mumkin. Temir moddasiga boyligi tufayli uning 100 grammi 250 gramm jigarning o`rnini bosadi.
  • Miyaning faolligi uchun magniy va fosforga boy ushbu mevani iste`mol qilish tavsiya etiladi. Uning tarkibidagi magniy yuqori qon bosimini pasaytirishda ham qo`l keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1