1

“YuRAK FRAKSIYaSIDAGI O`ZGARISh NIMADAN?”

Salomatlik 05.12.2017, 15:15
“YuRAK FRAKSIYaSIDAGI O`ZGARISh NIMADAN?”

— Shifokorlar yurak fraksiyasining tushib ketishi tashxisini qo`yishdi. Aslida ham yurak fraksiyasining tushib ketishi nima sababdan kelib chiqadi? Ayni dam ko`p miqdorda dori qabul qilayapman, ammo tabiiy yo`l bilan muolaja qilinsa, degandim. Davolanish orasi qancha bo`lishi kerak, shu haqida ham ma`lumot bersangiz.

Bunyod Yo`ldoshev, Qashqadaryo viloyati

Temur ABDULLAEV, professor:

— Afsuski, yurak fraksiyasini tabiiy yo`llar orqali ko`tarishning imkoni yo`q. Sizga maslahatim, davolovchi shifokoringiz tomonidan buyurilgan dori vositalarini kanda qilmang. Agar shunda ham fraksiya ko`tarilmasa, kordiologiya markazlarida milrinon preparatini tomir orqali yuborish orqali fraksiyani ko`tarishga erishish mumkin. Milrinon dorixonalarda sotilmaydi, u shifokor nazoratida qo`llaniladi va bir sutka davomida bemor tomiri orqali yuboriladi. Umuman olganda, yurak fraksiyasi muolajasini o`tkazishda bemorning umumiy ahvolidagi o`zgarishlar ham hisobga olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1