1

“JAG`DAGI OG`RIQ XASTALIK BELGISIMI?”

Salomatlik 05.12.2017, 15:23
“JAG`DAGI OG`RIQ XASTALIK BELGISIMI?”
— Shu kunlarda chap jag`imning pasti va atrofida yoqimsiz og`riq kuzatilayapti. Surishtirsam, bu yurak kasalliklarida uchraydigan alomatlardan biri ekan. Chindanam yurak xastalangan bo`lsa, jag`ga asorat beradimi?

Gulnora Kamoliddinova, Toshkent shahri

Temur ABDULLAEV, professor:

— Tibbiyotda “galstuk sindromi” degan tushuncha mavjud. Bunda yurak xurujiga ishora qiluvchi og`riq ko`krak qafasining chap qismidan tashqari to`sh sohasida kuzatiladi. Bezovtalik chap qo`lga yoyilib, ba`zan chap jag` qismiga ham tarqalishi mumkin.

Yurak kasalliklarini istisno etish maqsadida kordiolog shifokor ko`rigidan o`tishingizni maslahat beraman. Yurak kardiogrammasi o`zgarishlarni ko`rsatmasa, jismoniy yuklamani hosil qilish orqali bajariladigan tekshiruv o`tkaziladi. Tahlil davomida ko`krakning chap qismi yoxud jag`da og`riq paydo bo`ldimi-yo`qmi, kuzatiladi. Bordi-yu kardiogramma o`zgarishsiz bo`lib, jag` qismida bezovtalik kelib chiqsa, muammo yurakka bog`liq emas. Bunda boshqa tor doiradagi mutaxassislar ko`rigi tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1