AsosiyDunyo

O`lim jazosiga hukm qilingan mahbus 30 yildan so`ng aybsiz deb topildi

AQShda o`lim jazosiga hukm qilingan mahbus 30 yildan so`ng aybsiz deb topildi va ozodlikka chiqdi. Bu haqda RIA axborot agentligi xabar bermoqda. 

1984 yildan beri o`lim jazosini kutayotgan 64 yoshli Glenn Ford seshanba kuni Liuziana shtati qamoqxonasidan chiqdi. Glenn Ford qotillikda ayblanib, o`lim jazosiga hukm qilingan edi. 30 yil o`tgach, uning jinoiy ishida paydo bo`lgan yangi ma`lumot Ford jinoyat sodir bo`lgan payt boshqa joyda bo`lganini ko`rsatdi. Sud prokuraturaning rasmiy iltimosiga binoan unga qo`yilgan hukmni bekor qildi.

Qamoqdan chiqqanidan so`ng Ford jurnalistlar bilan uchrashdi va hissiyotlari haqida gapirdi. 

“Qamoqqa tushganimda farzandlarim hali kichkina edi. Hozir esa ular kap-katta erkak bo`lishgan, ular endi o`z farzandlarini tarbiyalashmoqda”, - deydi Ford. Shuningdek, u yana hayotga qaytganidan hursand ekanini aytdi. 

Luiziana shtati qonuniga ko`ra, Ford 330 ming AQSh dollari miqdoridagi badal puliga ega bo`lishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, noxaq ozodlikdan mahrum qilingan mahbus  har 10 yil uchun 25 ming AQSh dollariga teng miqdorda pul oladi. Bundan tashqari unga hayotiy imkoniyatlarini yo`qotgani uchun 80 ming AQSh dollari miqdoridagi pul ham tegishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar