AsosiyJamiyat

"Bilayn" sakkiz xonali telefon raqamlarni amalga kiritadi

O`zbekiston mobil aloqa operatorlari yozda sakkiz xonali raqamlarga o`tishi mumkin. Bu haqda  pressnews.uz nashri xabar bermoqda. 

“Bilayn” bosh direktori Aleksandr Vorobevning so`zlariga ko`ra, sakkiz xonali raqamlarga o`tish dasturi joriy yilning o`rtalaridan  boshlanadi. 

“Sakkiz xonali raqamlarni joriy qilib, biz yangi raqamlar ega bo`lamiz va ularni mijozlarga taqdim etish imkoniyatimiz bo`ladi”, - deydi Vorobev. Kompaniya rahbari O`zbekiston bo`ylab etti xonali raqamlarning  deyarli 100 foizi band ekanini qayd etdi.

Avvaliga mobil operator 2013 yilning oxiriga borib, raqamlar bandligi 90 foiz, O`zbekistonning ayrim  hududlarda ushbu ko`rsatkich 99 foizni tashkil etishi, shu sababli sifatni yaxshilash ustida ish olib borish va xizmatni rivojlantirishga qiyinchilik tug`dirayotganini ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar