AsosiyDunyo

Yo`qolgan Boeing samolyotini sun`iy yo`ldosh ham topolmayapti

Xitoy sun`iy yo`ldoshi Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo`qolgan Boeing samolyoti qulashi mumkin bo`lgan joyni aniqladi.

Samolyot Kuala-Lumpurdan shimoliy-sharq va Vetnamdan janubda qulagan bo`lishi mumkin, deya xabar beradi CNN  kanali. 

Tushirilgan suratda yo`qolgan laynerning bo`lagi bo`lishi mumkin bo`lgan uchta jism ko`ringan. Surat Xitoy davlat ilm-fan boshqarmasi hamda Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etildi. Xabar qilinishicha, surat Boeing yo`qolganidan bir kun o`tib tasvirga tushirilgan, ammo faqatgina bugun aytilgan.

Suratdagi eng katta jism hajmining uzunligi 24 metr va eni esa 22 metrni tashkil qiladi.

Reyter axborot agentligining xabar qilishicha,  laynerning qulashi mumkin bo`lgan joyga Vetnam qidiruv-qutqaruv xizmati qaytadan yuboriladi. 

Biroq qidiruv operasiyasi vaqtida Xitoy sun`iy yo`ldoshi tomonidan ko`rsatilgan joyda samolyot qoldiqlari topilmadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, Vetnam harbiy havo kuchlarining ikkita qidiruv samolyoti Xitoy sun`iy yo`ldoshi tomonidan ko`rsatilgan hududni ikki marta aylanib, tekshirib o`tgan va yo`qolgan samolyot bilan bog`liq birorta jism topmagan.

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tib, sirli tarzda g`oyib bo`ldi. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar