Prezident tashabbusi bilan endi maktablarda tayyorlov kurslari ochiladi. Ya`ni maktablar o`n yillik bo`lib, maktab yoshidagi bola bir yil oldin maktabga tayyorlanadi.
Oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta`lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko`proqqa qisqarib ketgandi, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalari tomondan qamrab olinishi esa 30 foizga yaqinni tashkil etadi. O`zbekistonda o`zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog`ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha ta`lim bilan to`liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich ta`minlash hamda maktabgacha ta`lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilish maqsadida Maktabgacha ta`lim vazirligi tashkil etilgandi.






