O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 700 nafar sudlanganlarni afv etish to`g`risidagi farmonni imzoladi.
Mamlakat tarixida ilk bor O`zbekiston prezidenti tomonidan 2 700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo`lgan va to`g`ri yo`lga kirgan, turar-joyi hamda jazoni o`tash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o`tash koloniyalaridan ozod qilish to`g`risida farmon imzolandi.
Afv etish to`g`risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag`riga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo`ladi.






