Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezident saylovida nomzod sifatida qatnashishini e`lon qildi.
«Men Rossiya Federasiyasi prezidenti lavozimiga nomzodimni taqdim etaman», — deb ta`kidladi Putin GAZ zavodi ishchilari bilan o`tkazilgan uchrashuv chog`ida. «Bugun bu zaldagi hamma-hamma sizni qo`llab-quvvatlaydi. Vladimir Vladimirovich, bizga sovg`a ulashing — o`z qaroringizni e`lon qiling, axir biz siz tarafmiz, GAZ — sizning tarafdoringiz», — dedi zavod ishchisi.
2018 yil 18 mart kuni Rossiya prezidentining navbatdagi saylovi bo`lib o`tadi. Saylov kompaniyasi 2017 yil dekabr oyida boshlanishi kerak.






