Toshkentda 1 apreldan sovuq suv uchun yangi tariflar joriy qilinadi. “Suvsoz” DUK ma`lumotlariga ko`ra narxlar 10 foizga oshadi.
Ko`pqavvatli uylarda yashaydigan aholi uchun hisoblagich bo`lgan holda tariflar 1 kubometr uchun 266 dan 294 so`mgacha o`sadi, deya xabar beradi korxona rasmiy sayti.
Kanalizasiya bilan ta`minlangan xususiy uylarda esa sovuq suv uchun to`lov hisoblagich bo`lgan holda 193 dan 212 so`mgacha o`sadi (kanalizasiyasiz — 130 so`m).
Tariflar oshishi elektr energiyasi va boshqa manbalarning tariflari o`zgarishiga bog`liq.