1

“GAYMORIT ASORAT BERAYaPTIMIKAN?..”

Salomatlik 11.12.2017, 15:24
“GAYMORIT ASORAT BERAYaPTIMIKAN?..”

— Uch hafta oldin gaymorit bilan og`rib qoldim. Hozir ahvolim ancha yaxshi, muoloaja ham tugagan. Biroq vaqti-vaqti bilan boshim va ko`zimning ichi og`rib qolayapti. Bu kasallik asoratidan emasmi?

Nodir Mirsaidov, Toshkent viloyati

Timur MADAZIMOV, LOR-shifokori:

— So`zlaringizga qaraganda, sizdagi o`zgarishlar gaymorit asorati emas, ammo shunda ham nevrolog va oftalmolog ko`rigi talab qilinadi. Ehtimol, burun yondosh bo`shlig`ining rentgen tekshiruvi buyurilar. Gaymorit asorat bergudek bo`lsa, bezovtalik xastalikning kechish davridayoq yuz berib, tana haroratining ko`tarilishi, burun oqishi bilan xarakterlanadi. Bosh miyada qon aylanishining buzilishi yoxud osteoxondroz mavjud bo`lganida ham ko`z ichida og`irlik kuzatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1