1

“ONAMNING TAShXISIDAN XAVOTIRDAMAN...”

Salomatlik 11.12.2017, 15:46
“ONAMNING TAShXISIDAN XAVOTIRDAMAN...”

— Tarqoq skleroz haqida eshitganmanu, ammo uning qanday kelib chiqishi, davosi to`g`risida ma`lumotga ega emasman. Hozir bo`lsa, bu menga nihoyatda zarur. Negaki, onamga tarqoq skleroz tashxisi qo`yildi. Davolansa sog`ayib ketadimi?

Zarifa Ibodullaeva, Jizzax viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Tarqoq skleroz surunkali autoimmun kasallik bo`lib, bunda bosh va orqa miya nerv hujayralari zararlanadi. Keksalarda kuzatiladigan parishonxotirlik va tarqoq skleroz boshqa-boshqa holatlardir. Xastalik bir vaqtning o`zida bir qancha nerv hujayralarining shikastlanishini paydo qilib, bemor turli xil asab buzilishlaridan iztirob chekadi. Tarqoq skleroz bir qancha omillar sabab yuzaga kelishi mumkin, ammo o`z vaqtida muolaja qilinishi g`oyat muhimdir. Onangizning tashxisi tasdiqlangan bo`lsa, albatta davolovchi shifokor ko`rsatmalariga amal qilinishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1