1

“SUZISh MAShG`ULOTI MAN QILINMAYDIMI?”

Salomatlik 11.12.2017, 16:40
“SUZISh MAShG`ULOTI MAN QILINMAYDIMI?”

— O`smir yoshli o`g`limga ko`z nuri xiralashishining 0,3-0,5 darajasi qo`yildi, yana engil turdagi miopiya ham bor. Ko`rish qobiliyatining susayishi aniqlanmaguniga qadar suzish mashg`ulotlariga qatnar edi. Endi ham mashqlarni davom ettirishi mumkinmi yoki man etiladimi?

Diyora Sulaymonova, Toshkent shahri

Hikmatulla SODIQOV, shifokor-oftalmolog:

— Suzish mashg`uloti ko`zda qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlar spazmini yo`qotib ko`rish qobiliyatini o`tkirlashishida foydalidir. Farzandingiz suzish mashg`ulotlarini odatdagidek davom ettirishi mumkin. Miopiya tashxisi qo`yilgan bemorlarga ko`z mashqlari va albatta suzish buyuriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1