AsosiyJamiyat

Bosh qomusimizga bir qator o`zgartirishlar kiritiladi

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga bir qator o`zgartish va qo`shimchalar kiritiladi.

Hozirda bularni nazarda tutgan qonun loyihasi tayyorlanmoqda va hujjat partiyalar fraksiyalari yig`ilishlarida ko`rib chiqilmoqda.

Deputatlar Asosiy qomusimizning oltita, xususan, 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o`zgartish kiritmoqchilar. Ushbu moddalar Parlamentning nazorat funksiyalarini va jamoat nazorati vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan.

93 va 98-moddalarga kiritiladigan o`zgartirishlar esa prezidentning bir qism konstitusion vakolatlarini Bosh vazirga o`tkazilishini ko`zda tutadi.

Ekspertlarning fikricha, ushbu o`zgarishlar ijroiya organlarining parlament oldidagi mas`uliyatini oshirish, ularning faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, mamlakatimizda davlat boshqaruvining ochiqligini ta`minlash, ko`ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash, jamiyatda partiyalar o`rtasidagi raqobatni kuchaytirishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar