1

KO`Z SOG`LOM BO`LIShI UChUN MASLAHAT

Salomatlik 11.12.2017, 18:08
KO`Z SOG`LOM BO`LIShI UChUN MASLAHAT

Axborot va muloqot vositalari ko`payishi, monitorlarning kichrayib borishi natijasida ko`rish bilan bog`liq kasalliklar bugungi avlodning eng katta muammosi. Tibbiyotda ko`z bilan bog`liq 60 ga yaqin xastaliklar aniqlangan. Agar monitor qarshisida ko`p vaqt sarflasangiz, keksalikda ortiqcha muammolarga duch kelmaslik uchun hozirdanoq ko`z salomatligi haqida qayg`uring.

Eng birinchi muhim tavsiyamiz shuki, monitor qarshisida tez-tez kiprik qoqing. Shunda ko`zning oq pardasi namlanadi. Ko`zning ko`rish qobiliyati va boshqa ko`z kasalliklari oq pardaning qurishi bilan bog`liq.

KO`RISh QOBILIYaTINI OShIRAMIZ

Kunning ish eng tig`iz bo`lgan soatlarida, har soatda bir marta ko`zlarni 2 daqiqa mobaynida yumib, ularga dam bering. Bu lahzalarda ko`z mushaklari dam olib, ko`rish qobiliyati oshadi, asab tizimi ham tinchlanadi. Bunga odatlansangiz, tez orada nigohingiz ravshan tortib, ko`zingiz o`tkirlashadi.

KO`ZOYNAKNI TEZ-TEZ EChIB TURING

Ko`rish qobiliyati past bo`lishi va ko`zoynak yoki linza taqish vaqti-vaqti bilan undan voz kechmaslikka sabab bo`la olmaydi. Kun mobaynida hech bo`lmaganda 30 daqiqa bu vositalarni echib qo`ying. Bu ko`zning ko`rish qobiliyatiga yaxshi ta`sir qiladi. Sababi, shifokorlar ko`zoynakning ko`zga foydali yoki foydasiz ekani yuzasidan hali bir to`xtamga kelishgani yo`q.

KO`ZNI MASSAJ QILING

Har kuni hech bo`lmaganda 1 marta ko`zni uqalang. Ikkala kaftingizin ochib, ko`zlaringiz ustiga qo`ying va 1-2 daqiqa mobaynida ohista uqalang. Natijada ko`zdagi mayda qon tomirlarda qon almashinuvi yaxshilanadi, ko`z dam oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1