1

QON BOSIMI OShGANDA ZIRALI ChOY IChING

Salomatlik 11.12.2017, 18:18
QON BOSIMI OShGANDA ZIRALI ChOY IChING

Zira asosan palov, qazi va boshqa taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Zirali choy quyidagicha damlanadi: yarim litrli choynakka 1 choy qoshiq zira, xuddi shuncha oliy navli ko`k yoki qora choy solinib, qaynoq suv quyiladi. 5-7 daqiqa dam edirilgach, issig`ida ichiladi.

Xalq tabobatida zirali choy qon bosimi oshgan kishilarga tavsiya etilgan. Ziraning foydasi haqida Ibn Sino shunday yozgan: “…Unda qizdiruvchi kuch bo`lib, ellarni haydaydi va tarqatadi. Unda parchalash, quritish va burishtirish quvvati ham bor. Zira ayniqsa, yovvoyisi qon siyish va ichakning burab og`rishida, qorin ko`pchishida foyda qiladi”.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1