- Har qanday bosh og`rig`ida karam bargi yordam berishi mumkin. Karam suvi kaliy ionlariga boy. Ushbu mikroelement tomir va mushaklar tonusini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa o`z navbatida og`riqdan xalos bo`lishga olib keladi. Muolajani boshlashdan avval bargni biroz ezg`ilang yoki har joy-har joyini tilib qo`ying: shunda karam shirasi chiqadi. So`ng uni peshana, chakka va boshning boshqa sohalariga qo`yib, mahkam ushlab turing. Barg yaxshi turishi uchun ro`mol o`rab oling.
- Bosh og`riqlarida xom piyozni peshanaga kompress qilish ham foydali. Iloji bo`lsa, piyozning suvini siqib olib, u bilan kompress qilish uchun matoni namlang. Yoki piyozni to`g`rab, halqachalarini shunchaki peshanangizga qo`ying. Ko`zlaringizni yuming, aks holda, achib, ko`z yoshlanishi mumkin.
11.12.2017 19:00
BOSh OG`RIG`IDA LIMON PO`STLOG`I, KARAM BARGI VA XOM PIYoZ






