1

“KATTALAR VA BOLALAR PARHEZI BIR-BIRIDAN FARQLANADIMI?”

Salomatlik 11.12.2017, 19:25
“KATTALAR VA BOLALAR PARHEZI BIR-BIRIDAN FARQLANADIMI?”

— O`g`lim 11 yosh. Ikki hafta avval unga psoriaz tashxisi qo`yildi va ayni damda muolaja olayapti. Aytingchi, psoriaz bilan xastalangan bolalar qanday taomnomaga rioya etishlari zarur?

Sanobar Asqarova, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Psoriazda kattalar va bolalar parhezi bir-biridan u qadar katta farq qilmaydi. Asosiy qoidalar qatorida kam-kamdan taomlanish, qattiq qovurilgan va yog`li eguliklar, osh tuzi, konservantlar, kimyoviy rang beruvchi bo`yoqlar, ozuqa qo`shimchalari qo`shilgan mahsulotlar, sitrus mevalarni cheklash aytiladi. Boshoqli o`simliklar, sut-qatiq mahsulotlarini esa ko`paytirish lozim. Psoriaz muolajasi kutilgan natijani berishi uchun shifokor tomonidan belgilangan muolajani o`z vaqtida bajarish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1