Saudiya Arabistonida 35 yillik taqiq bekor qilinmoqda “Financial Times”ning (Buyuk Britaniya) xabar berishicha, Saudiya Arabistoni mamlakatda kinoteatrlar faoliyatiga qo`yilgan 35 yillik taqiqni bekor qilmoqda.
Saudiya Arabistoni axborot va madaniyat vaziri Avvad Al Avvadning so`zlariga ko`ra, ilk kinoteatrlar 2018 yilning mart oyida ishga tushishi rejalashtirilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar dasturini tatbiq etish doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va diversifikasiya qilishga xizmat qiladi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Saudiya Arbistonida kinoteatrlar soni 2030 yilga borib 300 tani tashkil etadi. Bu 30 mingta ish o`rni yaratish imkonini beradi.






