AsosiyDunyo

NYu-YORKDA PORTLASh SODIR BO`LDI

'NYu-YORKDA PORTLASh SODIR BO`LDI'ning rasmi

Nyu-York shahrining Manxetten tumanida Port-Atoriti avtoshohbekatida portlash sodir bo`ldi. Nyu-York polisiyasi departamentining “Twitter”dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, portlash shahar markazida, 42-ko`cha va 8-avtomagistral kesishmasida yuz bergan.

“New York Post” gazetasining yozishicha, portlash qo`lbola qurilma yordamida amalga oshirilgan, bir necha kishi jarohatlangan. Ayni paytda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olingan.

Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shuningdek, bir qator metro bekatlarida yo`lovchi va xodimlarni evakuasiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar