Bu borada xabar topgan ota-ona zudlik bilan huquq tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilishgan, deb yozmoqda “Qalampir.uz”nashri.
Xenan viloyati Chjenchjou shahrida 2017 yilning 5 dekabr kuni, ko`p qavatli uylardan birining liftida joylashtirilgan videokamera muhrlagan videoyozuvda, enaga kun davomida qarab turish uchun olib ketayotgan yosh bolaga nisbatan o`ta shafqatsiz munosabatda bo`lganini ko`rish mumkin.
http://movie.darakchi.uz/video/5148
42 yoshli Li ismli xitoylik ayolning himoyaga muhtoj bo`lgan yosh bolaga qilgan bu dahshatli munosabati Chjenchjo aholisini shok holatda qoldirdi.
Hozirda, ayniqsa o`z farzandlarini enaga ixtiyoriga beradigan ota-onalar farzand tarbiyasi va hayotini hech kimga ishonib bo`lmasligiga to`liq ishonishmoqda.
E`tiborli tomoni shundaki, bolani olib ketish jarayonida enaga unga nisbatan juda xushmuomala va rahmdil ko`rinishga harakat qilgan, ammo lift eshigi yopilishi bilan bolani ayamasdan urganligini ko`rish mumkin. Enaga bolaning ko`krak qismiga, boshiga xullas to`g`ri kelgan joyiga ura boshlagan.
Bu borada xabar topgan ota-ona, zudlik bilan huquq tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilgan. Hozirda enaga ayolga qarshi esa jinoiy ish qo`zg`atilganligi aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea juda ko`pchilikning qahrini keltirmoqda va tarmoq foydalanuvchilari bu ayolni jazolash kerakligi borasida keskin fikrlarni bildirishmoqda.





