1

​“QUYoSh YuRTI PAHLAVONI” 12 DEKABRDAN BOShLAB RESPUBLIKA KINOTEATRLARIDA

Madaniyat 12.12.2017, 14:22
​“QUYoSh YuRTI PAHLAVONI” 12 DEKABRDAN BOShLAB RESPUBLIKA KINOTEATRLARIDA

“O`zbekfilm” kinostudiyasida, Ismoil Shomurodning ssenariysi asosida joriy yilda ishlangan “Quyosh yurti pahlavoni” multfilmi 12 dekabrdan boshlab respublika kinoteatrlarida namoyish etiladi. Postanovkachi rejissyorlar – M.Mahmudov, N.Abbosov va D.Vlasov.

“O`zbekkino” Milliy agentligi o`zbek xalq ertaklari asosida bolalar uchun mo`ljallangan animasion filmlarni tayyorlash yuzasidan keng hajmdagi ishlarni olib bormoqda. Keyingi yillarda bu boradagi sa`y-harakatlar o`z natijasini berib, jajji o`zbek tomoshabinlari e`tiboriga bir qator zamonaviy animasion filmlar havola etildi va ular bolajonlarning sevimli multfilmlari qatoridan joy oldi. “Bo`ynoq”, “Qari bilganni pari bilmas”, “Kenja botir”, “Rustam va Said” multfilmlari shular jumlasidandir.

“Quyosh yurti pahlavoni” nomli navbatdagi multfilm o`zbek animasion filmlari tarixida to`la metrajli multfilm bo`lgan ilk kartina hisoblanishi bilan alohida ahamiyatga ega. Ushbu kartina ham o`zbek xalq ertaklari motivlariga asoslangan bo`lib, unda akalari ortidan go`zal malikani yalmog`iz changalidan ozod etish uchun yo`lga chiqqan No`xatpolvon turli sinovlarga duch keladi. Ikki boshli bahaybat ajdarho va har qanday yovuzlikka qodir yalmog`iz qahramonimiz yo`liga g`ov bo`lishga urinadi. Ammo, No`xatpolvon bundan butunlay bexabar va kuchli raqiblariga peshvoz chiqishga tayyor emas edi. Qahramonimiz ularni engish uchun qanday yo`l tutadi, kim unga yordam beradi, u o`z yurtini yovuz kuchlardan ozod eta oladimi? Film davomida bolajonlarni shu kabi savollar chulg`ab oladi.

Filmda “Quyosh yurti pahlavoni”ning ajoyib va g`aroyib sarguzashtlari orqali halollik, mehnatsevarlik, muhtojlarga yordam berish cingari tarbiyaviy ahamiyatga ega ezgu g`oyalar aks ettirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1