YuNESKO komissiyasi pissaning eng qadimiy reseptlaridan biri — Neapol reseptini abadiylashtirishga qaror qildi, deb yozadi National Geographic.
Pissa haqidagi dastlabki tarixiy dalillar 997 yilda qayd etiladi, modomiki unga o`xshagan taomlar bundan ancha avval ham ma`lum bo`lgan. Qadimiy reseptlar bizning kunlargacha etib kelmagan, an`anaviy italyancha pissa tarixi esa XVI asrdan — Evropa tomatlar bilan tanishgandan so`ng yuritila boshladi. Ular qo`llangan birinchi pissa 1522 yilda Neapolda tayyorlangan, endilikda u butun Italiya pissasining asoschisi hisoblanadi. XVII asrda «pissayolo» (pizzaiolo) kasbi paydo bo`ldi: Italiya dehqonlari uchun pissa tayyorlovchilarni shunday atashgan.
Neapol pissasining «Margarita» varianti eng ko`p mashhurlikka erishdi: u Italiya qiroli Umberto I rafiqasi sharafiga shunday nomlangan deb hisoblanadi, u pissani nafaqat mazasi, balki Italiya bayrog`i: qizil (pomidor), yashil (rayhon) va oq (mosarella) ranglari uchun ham munosib baholagan. Bugun bu nomdagi pissani butun dunyo bo`ylab tatib ko`rish mumkin bo`lsa-da, haqiqiy Neapol pissasi faqat mahalliy mahsulotlardan qat`iy tartibda tayyorlanadi.






