AsosiyDunyo

DUBAYDA 119 GEKTARLIK SAFARI BOG`I OChILADI

'DUBAYDA 119 GEKTARLIK SAFARI BOG`I OChILADI'ning rasmi

BAAning Dubay amirligida 12 dekabr kuni safari bog`i ochiladi, deb yozadi Gulf Lifestyle.

Dubai Safari Park’da dunyoning 250 ta mintaqasidan keltirilgan 2500 dan ortiq jonivorlar taqdim etiladi. Bog`dagi Afrika, Osiyo, Arabiston mavzularidagi hamda ochiq safari qishloqchalarda tashrifchilar ochiq maydonlarda hayvonlarni qo`llari bilan silashi mumkin bo`ladi.

2020 yilga kelib, 119 gektarlik safari bog`idagi jonivorlar sonini 5000 taga etkazish rejalashtirilmoqda.

Bog` o`z energetika ehtiyojlarini qondirish uchun quyosh energiyasidan foydalanadi. Amirlik tomonidan amalga oshirilayotgan yangi, ekologik toza loyiha Dubayning ramziy ko`ngilochar makoniga aylanishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar