Qrim oliy kengashi o`z mustaqilligi to`g`risida qaror qabul qildi.
2014 yil 17 mart kuni Oliy kengashning navbatdan tashqari yig`ilishida Qrim mustaqilligi to`g`risidagi qaror qabul qilindi. Qarorga deputatlarning 85 nafari ovoz bergan. Bu haqda Qrim Oliy kengashining matbuot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek, qabul qilingan hujjatda Qrim Respublikasini Rossiya Federasiyasi tarkibiga respublika maqomi bilan mamlakat sub`ekti sifatida qo`shish taklifi ham kiritilgan.
Qabul qilingan hujjatda aytilishicha: "Qrim avtonom respublikasining Oliy kengashi tomonidan o`tkazilgan referendum natijalariga ko`ra, Qrim xalqi Ukraina tarkibidan chiqib, Rossiya tarkibiga qo`shilish uchun ovoz yiqqan. Shundan kelib chiqqan holda Ukraina tarkibidan chiqish va Qrim mustaqil respublikasi tashkil etish uchun Qrim respublikasi 2014 yil 11 martida respublika Oliy kengashi navbatdan tashqari plenar yig`ilishi hamda shu kunning o`zida Sevastopol shahar kengashining navbatdan tashqari plenar kengashida qabul qilingan Qrim respublikasining mustaqillik haqidagi deklarasiyasiga asosan Qrimni mustaqil suveren davlat - Qrim respublikasi deya e`lon qildi, uning tarkibidagi Sevastopol shahri esa alohida statusga ega".
Shuningdek, Qrim kengashining yig`ilishida 30 martdan respublikaning Moskva vaqtiga o`tishi to`g`risida qaror qabul qilindi.





