AsosiyDunyo

BAA MARSDA QULUPNAY VA XURMO BOG`INI YaRATMOQChI

'BAA MARSDA QULUPNAY VA XURMO BOG`INI YaRATMOQChI'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklari Mars sayyorasida qulupnay va xurmo bog`ini yaratish uchun davlat byudjetidan 5,5 milliard AQSh dollari miqdorida mablag` ajratadi.

BAA mutaxassislari Marsda bog` yaratib u erda qulupnay, xurmo palmalari, pomidor va salat bargini o`stirishni rejalashtirmoqda, deyiladi manbada.

Mamlakat fazoviy agentligining strategik rejalashtirish boshlig`i Rashid Zaadiyning so`zlariga ko`ra, Mars eri BAA sahrolariga o`xshaydi va unda qishloq xo`jaligi ekinlarini o`stirish mumkin.

Agentlik ekspertlari, shuningdek, Marsda suv topish va uning o`ziga xosliklarini batafsil o`rganishni maqsad qilgan.

    Boshqa yangiliklar