1

ANDIJONDA ULFAYaYoTGAN ETTI PAHLAVON

Rekord 13.12.2017, 18:00
ANDIJONDA ULFAYaYoTGAN  ETTI PAHLAVON

Andijon viloyatining Shahrixon tumani Tumor mahallasida istiqomat qiluvchi Qoraboevlarning Mashhurbek, Samandar, Iskandar va Mansurbek ismli to`rt nafar farzandlari bor edi. Alloh bu oilaga yana bir bor ota-ona bo`lish imkonini berdi. Ammo bu safar ular bir emas, ikki emas, naqd uch nafar farzandli bo`lishdi! Tag`in yana uch pahlavon. Bergan ne`matidan boshi ko`kka etgan Qoraboevlar egizaklarga yaxshi niyatlar bilan Islom, Karim va Abdug`ani deb ism qo`yishdi...

Ayni paytda bolakaylar sog`lom va yaxshi ulg`ayishmoqda. Ularga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan alohida oila shifokori va hamshira ajratilgan bo`lib, chaqaloqlar doimiy nazoratda. Shifokorlar muntazam ravishda chaqaloqlarning har tomonlama sog`-salomat ulg`ayishlari uchun ko`rikdan o`tkazib turishadi.

— Shifokorlar ham har kuni xabar olishadi, — deydi minnatdor bo`lib qahramon ona Fotimaxon. — Akalari – Mashhurbek, Samandar, Iskandar va Mansurbek­lar ham darsdan bo`sh vaqtlarida uch beshikni tebratib, uy yumushlarimga yordam berishyapti. Ming shukrki, farzandlarim obod va ozod yurtda dunyoga keldi. Nasib qilsa, etti o`g`limiz Islom Abdug`anievich Karimov orzu qilganidek alpqomat, vatan kelajagiga o`z hissasini qo`shadigan ilm va hunarda hech kimdan kam bo`lmagan insonlar bo`lib etishishadi.

Darvoqe, e`tibor va g`amxo`rlik haqida gap borar ekan, yurtimizning Birinchi Prezidenti tavallud kuni oldidan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov marhum yurtboshimiz ism-shariflariga atab ism qo`yilgan uch chaqaloqni yo`qlab borganligini alohida qayd etish o`rinli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1