BBC News ning tarqatgan xabariga ko`ra, Foks kompaniyasining 86 yoshli xo`jayini Rupert Murdoch o`z kompaniyasini «Walt Disney»ga sotishga qaror qilgan.
Shartnomaga ko`ra Foksning «Sky» raqamli televideniyasining 39 foiz ulushi hamda «21-asr foks» kino studiyasi «Walt Disney» kinokompaniyasiga o`tadigan bo`ldi.
Disney Foks aksiyalarini 52,4 milliard dollargaga sotib oladi, shuningdek, Foks kompaniyasining 13,7 milliard dollarga yaqin qarzi ham Disneyga o`tadigan bo`ldi va shartnomaning umumiy qiymati 66,1 milliard dollarni tashkil qiladi.






