AsosiyDunyo

Yo`qolgan Boeingga tegishli bo`lgan jismlar topilgani tahmin qilinmoqda

Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbott mamlakatning dengiz kemalari harakat xavfsizligi boshqa...

Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbott mamlakatning dengiz kemalari harakat xavfsizligi boshqarmasi (AMSA) Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo`qolgan  Boeing 777-200 samolyotiga tegishli bo`lishi tahmin qilingan ikkita bo`lak topgani haqida ma`lum qildi. 

Reyter axborot agentligining xabar berishicha, Hind okeani janubida davom etayotgan qidiruv ishlaridan ishonchli ma`lumot kelib tushdi. Avstraliya dengiz kemalari harakat xavfsizligi boshqarmasi sun`iy yo`ldosh orqali yo`qolgan laynerga tegishli bo`lishi mumkin bo`lgan ikkita jism haqida ma`lumot oldi, - deydi Ebbott o`zining parlamentdagi chiqishida. 

AP axborot agentligining xabar qilishicha, ko`rsatilgan joyga Avstraliya harbiy havo  kuchlari samolyoti jo`natilgan. 

Avvalroq Malayziya hukumati layner o`z yo`nalishini O`rta Osiyo tomon o`zgartirgan bo`lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. 

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan. Ayni damda laynerning qidiruv ishlarida 26 ta mamlakat ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar