1

AQShda mehmonxona yong`ini oqibatida 4 kishi halok bo`ldi

Dunyo 22.03.2014, 09:47
 AQShda mehmonxona yong`ini oqibatida 4 kishi halok bo`ldi

AQShda Nyu-Jersi shtati Poyt-Plesant-Bich shahrida yong`in sodir bo`ldi. Fojea oqibatida 4 kishi halok bo`ldi va 8 kishi yaralandi.  Aniq ma`lumotlarni okrug prokurori Oushen Jozef Koronato xabar qildi. avvaliga 3 kishi halok bo`lgani va 10 kishi bedarak yo`qolgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik bedarak yo`qolganlardan 9 nafari topildi. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar bermoqda.

“Halok bo`lganlarning barchasi erkak kishilar. Hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Yaralanganlarning barchasi esa shifoxonaga etkazilgan”,-deydi prokuror.

Yong`in vaqtida mehmonxonda 40 ga yaqin kishi bo`lgan. o`t o`chiruvchilar bo`laklarni yig`ish ishlarini yakunlashmoqda, yong`in sababi hozircha aniqlanmadi.

O`t 21 mart kuni tongda barcha uxlayotgan payt chiqqan. Buning oqibatida ikki qavatli bino to`liq yonib ketgan. Mehmonxonada asosan “Sendi” to`fonidan jabr ko`rgan mahalliy aholi istiqomad qilar edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1