O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayxon Ganieva muxlislariga yangi tanlov e`lon qildi.
Xonandaning 2018 yildagi katta shou konsertining tomoshabiniga aylanishni istaysizmi? Sevimli xonandangiz Rayhon G`anieva va Proartcenter kompaniyasi sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi! Buning uchun siz shunchaki, xonanda ijrosidagi istagan qo`shig`ingizni "cover" variantda ijro etib, instagram saxifangizga joylang. Albatta, @rayhonshow2018 instagram sahifasini belgilash yodingizdan chiqmasin! Yaxshi ijrolar etilgan qo`shiqlar xonandaning instagramidan joy oladi. Eng ko`p layk yig`gan video egasiga esa 19, 20, 21, 22, 23 fevral kunlarining biriga taklifnoma sovg`a qilinadi. Ishtirok eting, faol bo`ling! Yangi yilning unutilmas shou konsertini, birinchi qatordan tomosha qilish imkoniyatini qo`ldan boy bermang!






