AsosiyJamiyat

Lokomotiv bog`ining ochilishi kuni 50 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi

21 mart kuni poytaxtimizda Lokomotiv mo``jizalar bog`ining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Bog`ning Feysbukdagi rasmiy sahifasida e`lon qilinishicha, bog`ga ilk kundan 50 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan. Bayram munosabati bilan shu kuni bog` attraksionlari bepul xizmat ko`rsatdi.

Bir yil davomida qurilgan yangi bog`da 32 ta attraksion mavjud. Tashrif buyuruvchilarning qulayligi uchun maxsus plastik kartochkalar ishlab chiqilgan bo`lib, unga istalgan summani tashlab, barcha attraksionlarda cheksiz vaqt o`tkazish mumkin bo`ladi.

Bayram kuni ana shunday qiymati 50 ming so`mlik kartochkalarning biri o`ynaldi.

Hokimiyatning qarori bilan Navro`z ayyomi kuni bog` odatdagidan ko`ra vaqtliroq soat 18:00 da yopildi, biroq odatiy kunlarda bog` soat 10:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Bog`dagi attraksion narxlari quyidagicha:

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar