AsosiyDunyo

XITOYDA KIMYoVIY ZAVODDA PORTLASh SODIR BO`LDI, QURBONLAR BOR

'XITOYDA KIMYoVIY ZAVODDA PORTLASh SODIR BO`LDI, QURBONLAR BOR'ning rasmi

Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasidagi kimyoviy zavodda sodir bo`lgan portlashdan kelib chiqqan yong`in etti nafar odamning hayotiga zomin bo`ldi, yana to`rt kishi jarohatlandi, deya xabar tarqatdi Sinxua agentligi.

Hodisa seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 09:20 da Veyfan shahar okrugining Chanle ueezdidagi kimyoviy zavodlardan birida sodir bo`lgan. Hozirgi paytda yong`in o`chirilgan. Hodisa sabablari o`rganilmoqda.

Zavod Rike Chemical kompaniyasiga tegishli ekani aytilmoqda. Voqea joyidan olingan suratlarda imoratga jiddiy zarar etgani va qora tutunlarni ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar