1

Jirafa hayvonot bog`ining saratonga chalingan xodimi bilan hayrlashgani keldi

Dunyo 24.03.2014, 15:34
Jirafa hayvonot bog`ining saratonga chalingan xodimi bilan hayrlashgani keldi

Gollandiyalik 54 yoshli Mario butun umrini Rotterdamdagi hayvonot bog`ida jirafalarga qarab o`tkazdi. Yaqinda Marioda saratonning og`ir turi aniqlandi. U hayvonot bog`i ma`muriyatidan bir muddat jirafalari oldida yashashni so`radi.

Diergraade Blijdorp hayvonot bog`i ma`muriyati Mario uzoq yillar davomida qarab kelgan jirafalari yonidan joy qilib berishdi. Hayvonot bog`i xodimlarining aytishicha, hayvonlar Marioni tanib, unga qanchalik qiyin ekanligini sezishmoqda. Mahalliy OAVda chop etilgan suratlardan birida jirafa egilib, Marioning yuzini o`payotgani tushirilgan.

Mario deyarli yura olmaydi. Uning so`nggi iltimosini amalga oshirishda maxsus ko`ngillilar xizmati vakillari yordam berishmoqda. Hayvonlar bilan hayrlashishdan tashqari Mario so`ngi bor hamkasblari bilan hayrlashuv kechasini o`tkazishni so`radi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1