1

Malayziya hukumati yo`qolgan “Boing” qulaganini rasman tasdiqladi

Dunyo 24.03.2014, 23:11
Malayziya hukumati yo`qolgan “Boing” qulaganini rasman tasdiqladi

“Kuala-Lumpur – Pekin” yo`nalishida parvoz qilgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan Boeing 777-200 samolyoti Hind okeanida halokatga uchragani ma`lum bo`ldi.

Bu haqda 24 mart kuni Malayziya bosh vaziri Najib Tun Razzoq rasman ma`lumot berdi.

Samolyot 8 martga o`tar kechasi Janubiy Xitoy dengizi ustidan uchib o`tayotgan paytda radar ekranlaridan yo`qolib qolgan edi.

Vazirning so`zlariga ko`ra, samolyot Hind okeanining janubiy qismida halokatga uchragan yo`lovchi va ekipaj a`zolaridan hech biri omon qolmagan. Qurbonlarning oila a`zolariga bu haqda axborot berilgan.

Eslatib o`tamiz, samolyot bortida 227 nafar yo`lovchi va 12 ekipaj a`zosi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1