AsosiyJamiyat

Ucell abonent to`lovi oshganligini ma`lum qildi

Ucell mobil aloqa operatori 4 apreldan Prepaid tizimining tarif rejalarida kundalik abonent to`lovi oshganligini ma`lum qildi.

Endilikda "Erkin suhbat", "Oddiy", "Gap", "Yanada ko`p suhbat", "Online", "Oson hisob" tarif rejalarida kundalik abonent to`lovi $0.04 tashkil qiladi. Avvalroq mazkur tariflarda abonent to`lovi  $0.03 tashkil qilar edi.

Bundan tashqari 27 martdan e`tiboran “Kim qo`ng`iroq qildi?” xizmatida kunlik abonent to`lovi $0.003 tashkil etadi. 

    Boshqa yangiliklar