Mamlakatimizning barcha joylarida bo`lgani kabi Namangan shahrida ham Yangi yil bayramini ko`tarinki ruhda o`tkazish uchun qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda, deb yozadi O`zA.
Ko`chalar, maydonlar, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda. Tungi illyuminasiyalar, rang-barang chiroqlar shahar ko`rkiga ko`rk qo`shmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida qad rostlagan 26 metrli archa barchaga zavqu shavq bag`ishlamoqda. 











