AsosiyJamiyat

BOLALAR BOG`ChALARI JANUBIY KOREYa TAJRIBASI ASOSIDA JIHOZLANADI

'BOLALAR BOG`ChALARI JANUBIY KOREYa TAJRIBASI ASOSIDA JIHOZLANADI'ning rasmi

2018 yilda Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha ta`lim muassasalarini uslubiy va didaktik o`yinlar, o`yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan ta`minlash me`yorlarini ishlab chiqish ko`zda tutilmoqda.

Maktabgacha ta`lim tizimi oldiga qo`yiladigan davlat talablari, ta`lim-tarbiya dasturlari ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o`qish va yozishni turli o`yinlar orqali o`rgatish, ularning zerikmasligi, bezor bo`lmasligi, aksincha, bog`chaga xursand bo`lib boradigan bo`lishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu dasturlarda yuqori malakali tarbiyachi va murabbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratiladi. Maktabgacha ta`lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini tabiiy ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar