«Agropilla» mas`uliyati cheklangan jamiyatlari rahbarlariga avtomashinalar, pillachilik agronomlariga zamonaviy smartfonlar sovg`a qilinmoqda, deb xabar beradi O`zA.
«O`zbekipaksanoat» uyushmasining matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi vakillarga 142 xizmat avtomashinasi va 710 dona telefon tarqatilgan.
Misol uchun, «Vodiy marjoni» korxonasi o`ziga biriktirilgan Uchko`prik tumanidagi «Agropilla» rahbariga xizmat avtomashinasi, 9 nafar pillachilik agronomiga telefon taqdim etgan.
O`zbekiston, Beshariq, Dang`ara, Furqat, Qo`shtepa tumanlari va Quvasoy shahridagi «Agropilla» tashkilotlariga «Nurli Tong Silk» korxonasi tomonidan oltita xizmat mashinasi va ellikta zamonaviy smartfon ulashilgan.





