1

Yo`qolgan layner yo`lovchilarining yaqinlari Xitoyda norozilik namoyishi bilan chiqishdi

Dunyo 25.03.2014, 14:15
Yo`qolgan layner yo`lovchilarining yaqinlari Xitoyda norozilik namoyishi bilan chiqishdi

Halokatga uchradi deya rasman e`lon qilingan Boeing 777 yo`lovchilarining yaqinlari Xitoydagi Malayziya elchixonasida qarshi namoyishlar bilan chiqishdi. Ushbu vaziyat polisiya xodimlari bilan to`qnashuvga olib keldi, deb yozadi South China Morning Post nashri.  

Kecha 17 kun avval yo`qolgan Malaysia Airlines samolyotining Hind okeaniga qulagani haqida xabar berildi.  Buni sun`iy yo`ldoshdan olingan ma`lumotlar tasdiqlamoqda.  Biroq yo`lovchilarning yaqinlari Malayziya hukumatini yolg`on ma`lumot berganlikda ayblamoqda. Yo`lovchilarning yaqinlari Malayziya hukumati ularni tergov davomida bir necha bor chalg`itishga urinib, yo`lovchilar taqdiri haqida aniq ma`lumot berishmayapti deb hisoblashmoqda. 

Bundan tashqari ularning noroziligiga layner qulagani haqidagi rasmiy bayonot ularga qarata emas, OAVlarga berilgani sabab bo`ldi.

“Biz qidiruv ishlarini to`xtatmaymiz, kerak bo`lsa Xitoy davlat kengashi vaziriga murojaat etamiz. Biz ularni topamiz”, - deydi yo`qolgan layner yo`lovchilaridan birining yaqini.

The Daily News  nashrining xabar qilishicha, Malaysia Airlines aviakompaniyasi Boeing 777-200 yo`lovchilarining o`limi haqida ularniing yaqinlariga SMS orqali xabar bergan.

“Malaysia Airlines bo`lgan voqea yuzasidan chuqur ta`ziya izhor qiladi. Ammo hech shubhasiz bu reys yo`qolgani va bortda bo`lganlar omon qolishmaganligini tan olishimiz lozim”, - deyiladi yuborilgan xabarda. 

Shuningdek, Halok bo`lganlarning oila a`zolariga 5 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli va`da qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1