Jinoyat ishlari bo`yicha Olma-ota sudida egizak farzandlarini o`ldirib, jasadlarini muzlatgichda saqlagan ota-onaning qotilligi yuzasidan sud eshituvlari o`tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.
“Qalampir.uz” ning yozishicha, sud o`z ishini yakunladi. O`ldirilgan egizaklarning otasi, O`zbekiston fuqarosi Emil Gilmutdinov 20 yillik qattiq tartibli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Uning 34 yoshli rafiqasi Alla Volchenkoga alkogolizmdan majburiy davolanish, eng kam oylik ish haqining 100 baravar miqdorida jarima hamda 18 yillik qamoq jazosi belgilandi.
Ularning 2 yoshli o`g`li Olma-ota hokimiyati huzuridagi bolalar muassasasiga topshiriladi.
Ta`kidlash kerakki, prokuror Gilmutdinovga umrbodlik qamoq, Volchenkoga esa, 19 yillik qamoq jazosi so`ragan edi.