1

Obama reytingi rekord darajaga tushib ketdi

Dunyo 27.03.2014, 14:25
Obama reytingi rekord darajaga tushib ketdi

AQSh prezidenti faoliyatidan norozi bo`lgan amerikaliklar soni 59 foizga oshdi. Bunday ko`rsatkichni AP axborot agentligi buyurtmasi bilan GfK kompaniyasi tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari ko`rsatmoqda. 

Obama reytingi 2012 yilning oxirlaridan pasayishni boshladi. Joriy yilning yanvar oyida 53% amerikaliklar Obamani ma`qul topishmadi. Bu ko`rsatkich fevral oyida kelib 5 foizga ko`tarildi. 

Mart oyida o`tkazilgan so`rovnoma esa Obama reytingini ancha yo`qotganini ko`rsatmoqda. Atiga 39 foiz amerikaliklar prezident faoliyati bilan qoniqish hosil qilishmoqda, 59 foizi esa uning olib borayotgan siyosatidan norozi. 

Aholi asosan mamlakatning tashqi siyosatidan norozi bo`lmoqda. Reytingni tushishiga Ukrainadagi vaziyat hamda AQSh maxsus xizmatining mahfiy hujjatlarini ommaga taqdim etgan Edvard Snouden bilan bog`liq voqealar sabab bo`lmoqda, deya xabar beradi RIA axborot agentligi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1