1

Yo`qolgan Boeing qidiruv ishlari vaqtincha to`xtatildi

Dunyo 27.03.2014, 14:57
Yo`qolgan Boeing qidiruv ishlari vaqtincha to`xtatildi

Hind okeanida Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli laynerning qidiruv ishlari noqulay ob-havo sharoiti sababli vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Avstraliya dengiz harakati xavfsizligi boshqarmasi o`z tvitterida xabar qoldirgan. 

“Bugungi qidiruv ishlari yomon ob-havo sharoiti sababli to`xtatildi. Barcha samolyotlar Pert shahriga qaytishadi, kemalar esa qidiruv hududini tark etishmoqda”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq xitoylik ekspertlar sun`iy yo`ldosh orqali olingan yangi suratlarni taqdim etishdi, unda yo`qolgan yo`lovchi samolyotning extimoliy bo`laklari ko`rsatilgan. 

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 nafar yo`lovchi hamda 12 ekipaj a`zosi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1