AsosiyDunyo

DUNYoDAGI ENG YIRIK SAMOLYoT-AMFIBIYa ILK SINOV PARVOZNI AMALGA OShIRDI

'DUNYoDAGI ENG YIRIK SAMOLYoT-AMFIBIYa ILK SINOV PARVOZNI AMALGA OShIRDI'ning rasmi

Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya ilk sinov parvozni amalga oshirdi Yong`inlarni o`chirishga mo`ljallangan Xitoyning AG600 samolyot-amfibiyasi ilk sinov parvozni muvaffaqiyatli yakunladi. Jarayon Xitoyning CCTV kanali orqali efirga uzatildi.

Havo kemasi mahalliy vaqt bilan 09:38 da Guandun provinsiyasi janubidagi Chjuxay shahri aeroportidan osmonga ko`tarildi. Samolyotning uchish vaqti 64 daqiqa, parvoz balandligi esa 3 ming kilometrni tashkil qildi. Parvoz davomida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida amfibiyaga bortida texnik xodimlar bo`lgan samolyotlar hamrohlik qildi.

Ma`lumot o`rnida, AG600 samolyotini yig`ish o`tgan yili yakunlangan edi. U yong`in o`choqlarini bartaraf etish va suvda qutqaruv ishlarini olib borishga mo`ljallangan. Havo kemasi dengizda yuk va yo`lovchi tashishni monitoring qilish, shuningdek foydali qazilma boyliklarini o`rganish uchun qo`shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin.

Uzunligi 39,3 metr, qanotlar orasidagi masofa 38,8 metrni tashkil qiladigan AG600 to`rtta turbovintli dvigatel bilan bilan jihozlangan. Samolyot 20 soniyada 12 tonna suv to`play oladi. Maksimal parvoz balandligi esa 4,5 ming kilometrgacha etadi.

    Boshqa yangiliklar