1

PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV SAYLOVDA OVOZ BERDI

Siyosat 24.12.2017, 12:29
PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV SAYLOVDA OVOZ BERDI

24 dekabr – Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kuni. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mirzo Ulug`bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

2017 yil 29 avgustda qabul qilingan “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to`g`risida”gi Qonun poytaxtimiz tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish uchun tashkiliy-huquqiy imkoniyatlar yaratdi.

Toshkent shahar tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarini tuzish tumanlar darajasida mahalliy byudjetlarni, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo`ljallangan dasturlarini ko`rib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish, Kengashlar sessiyalarida tumanlarda joylashgan mahalliy davlat organlari rahbarlarining o`z faoliyati to`g`risidagi hisobotlari va axborotlarini tinglash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari bilan bog`liq masalalarni o`z vakolatlari doirasida hal etish imkonini beradi.

Bu, o`z navbatida, poytaxt tumanlarini yanada rivojlantirishda muhim omil bo`lib, jamoatchilikning Toshkent shahridagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlardagi ishtirokini kengaytirish va rolini mustahkamlash, aholi vakillari tomonidan joylardagi mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan depatatlik nazoratini o`rnatish imkoniyatini yaratadi.

24 dekabr – Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kuniga poytaxtimizda katta tayyorgarlik ko`rildi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga ko`ra, ovoz berish jarayonida qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o`zini o`zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan 330 saylov okrugiga bittadan nomzod ko`rsatdi.

Mazkur saylovdagi eng muhim yangiliklardan biri shuki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi qaroriga muvofiq Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov davomida Saylovchilarning yagona elektron ro`yxati axborot tizimi huquqiy eksperiment sifatida amaliyotga tatbiq etildi.

Poytaxtlik saylovchilar o`zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1