AsosiyJamiyat

MUNOSABAT: PREZIDENT SO`ZLARI MENI QUVONTIRDI

'MUNOSABAT: PREZIDENT SO`ZLARI MENI QUVONTIRDI'ning rasmi

Mamlakatimizda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Aholi talab va ehtiyoji, bozor shartlari inobatga olingan holda yuritilayotgan ishlarda rivojlanishlarni ko`rish mumkin. Harakatlardan esa aholining barcha qatlamlari naf ko`rayotir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan parlamentda yo`llangan murojaatnomada 2018 yil yurtimizda "Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb nom e`lon qilinishi taklif etildi. Bu taklifni ishbilarmonlar qatori butun xalqimiz katta quvonch bilan kutib oldi.

Tadbirkor Matluba Mahmudova ham yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanyapti. Dastlab, 4 nafar ishchi bilan boshlangan faoliyat Bank krediti evaziga bosqichma bosqich taraqqiyot jarayonlaridan o`tdi. Xorijdan maxsus oyoq kiyimlarni ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalar sotib olinib, qo`shimcha 30 ta ish o`rinlari yaratildi. Yangi texnologiya, qo`shimcha ish o`rinlari - bu orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarish xajmi ko`payishi tabiiy. Davlatimiz rahbari tadbirkorlarlarni qo`llash uchun ilgari surilayotgan g`oyalardan kutilayotgan samara ham aynan ana shundan iborat.

Matlyuba Mahmudova – tadbirkor. Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga yo`llaga murojaatnomasida tadbirkorlar va ularning faoliyatiga doir bir nechta yangi imkoniyat, imtiyozlarni aytib o`tdilar. Ayniqsa, tadbirkorlar faoliyatini 2 yil tekshiruvlarni to`xtatish haqidagi so`zlari men kabi ishbilarmonlarni quvontirgani rost. Rostini aytsam, aniq xujjatlar asosida faoliyat olib boraman, biroq ayrim tekshiruvlar biroz vaqtni olganday edi. Endi bemalol faoliyat olib borishimiz, xorijga chiqib o`z maxsulotlarimizni namoyish etishimiz mumkin. Faolyatimning dastlabki yillarni eslayman, o`ziga yarasha qiyinchiliklar ko`z o`ngimda... Yiliga 10 mingta oyoq kiyimlarini sotish uchun juda ko`p harakatda edik. Shukurkim, Prezidentimiz tadbirkorlarni qo`llaganliklari, biz uchun imtiyozli kreditlar ajratganliklari korxonamizda yiliga 80 mingta poyafzal ishlab chiqarilib o`z xaridoriga etkazilmoqda. Maxsulotimizga bo`lgan talab ham talaygina. Prezidenimiz biz tadbirkorlarni qo`llagani esa korxonamizga yangi texnologiyalar olib kelinishi, ishchilar soni ko`payishidan dalolat.

Tadbirkorning xususiy korxonasida shuningdek, bolalar hamda ayollar poyabzali ishlab chiqarishga ham ixtisoslashtirilgan. Bir yilda 80 mingta juft poyabzal tayyorlanadi. Korxona poyabzallarni ustki qismi uchun bichish, yarim tayyor mahsulot bilan ta`minlash, tikish uskunalariga hamda Xitoyda ishlab chiqarilgan quyish agregati va konveyer tizimiga ega. Ustki qismini tayyorlashda o`zimizda ishlab chiqarilgan tabiiy charmdan va sun`iy charmdan foydalanilmoqda. Taglik quyma usulda biriktiriladi.

Tayyorlanayotgan mahsulotlarga Rossiya, Polsha, Qozog`iston va Koreya davlatlarda ham qiziqish katta. Ishbilarmon rahbar shu kunlarda bankdan kredit olib, shuning hisobidan yana yangi texnologiyalarni olib kelishni rejalashtirmoqda. Buning natijasida yana 150 nafar kolleji bitiruvchilari bandligini ta`minlanishdek istiqbollar bor. Tadbirkorlardagi yuksak qobiliyatlarni e`tirof etgan davlatimiz rahbari Cherchilning "Ba`zilar tadbirkorlar deganda sog`in sigirni, faqat sanoqlilar og`ir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi" deya aytganlarini yodga olib, bundan buyon tadbirkorlar ishlariga to`siq bo`luvchi xolatlarning oldini olish uchun 2 yilga tekshiruvlarni to`xtatish taklifi bildirildi. Ana shu muddatda esa ham o`zini, oilasini, xalqini boqayotgan odamlar yurt taraqqiyotidagi ulushlari salmog`ini yanada oshirish darajasiga ko`tarilishlari aniq.

Ahror Ziyo, Farg`ona

    Boshqa yangiliklar